Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim surasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hijr    14–sura   Raʼd
Ibrohim surasi — سورة إبراهيم
Qurʼon nusxalaridan biridagi Ibrohim surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 52, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 14, qora rangda - Ibrohim surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 72, 3. Rukuʼsi soni - 7; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:14, 3. Nozil boʻlish tartibi:72, 4. Rukuʼsi:7, 5. Oyati:52, 6. Porasi (Juzi):13 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Ibrohim (nom)[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 255–261[4]
Juz 13
Sura raqami 14
Oyatlar soni 52
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 7[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, ro.[6]
Soʻzlar soni 831
Harflar soni 3461
Nozil boʻlish tartibi 72[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Hijr surasi  Keyingisi 14 Oldingisi  Raʼd surasi
Nozil boʻlish tartibi
Anbiyo surasi   Keyingisi 72 Oldingisi  Nuh surasi
                                   

Ibrohim surasi (arabcha: سورة إبراهيم, nomining maʼnosi — Ibrohim (nom)[8][9]) — Qurʼonning 14-surasi. Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 255–261[10]-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 72-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu surada ham Makka suralarining aksarisida boʻlgani kabi eʼtiqod, vahiy, tavhidAllohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va xususan qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob va jazo-mukofot toʻgʻrilarida batafsil soʻz yurtiladi.

Sura paygʻambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan birinchidan, hayotda zulmatlar – egri-notoʻgʻri yoʻllar koʻp, nur — haqiqat yoʻli esa tanho boʻlishi bayon qilinsa, ikkinchidan, oʻsha yagona nurga faqat paygʻambarlar — Allohning elchilariga nozil boʻlgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso paygʻambarning oʻz qavmi bilan boʻlgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.

Suraning «Ibrohim» deb atilishiga sabab unda paygʻambarlar otasi Ibrohim alayhis-salomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

IBROHIM SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Hijr surasi 14-sura — arabcha matni Oldingisi: Raʼd surasi